Prezident Administratsiyasi avtomobil narxlari masalasi bilan shug‘ullanadi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga mahalliy ishlab chiqaruvchilar, rasmiy va norasmiy dilerlar tomonidan taklif etilayotgan avtomobil narxlaridagi tafovutlarni tahlil qilish hamda narxlarni optimallashtirish va tartibga solish bo‘yicha aniq takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirildi.
